Kitob – eng yaqin doʻst: Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari va ularning farzandlari bolalar kutubxonasida
Toshkent shahar Qoʻriqlash boshqarmasi tomonidan yozgi taʼtil davrida yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida maʼrifiy tashabbus amalga oshirildi.
Tashrif doirasida boshqarma xodimlari va ularning farzandlari Respublika bolalar kutubxonasiga bordilar. Kutubxona mutaxassislari tomonidan bolalarga kitoblarning ahamiyati, oʻqish madaniyatining inson hayotidagi oʻrni haqida qiziqarli maʼlumotlar berildi. Yosh kitobxonlar uchun viktorinalar, qiziqarli savol-javoblar ham uyushtirildi.
Tadbir davomida farzandlar zamonaviy va klassik adabiyot namunalari bilan tanishib, oʻzlariga manzur kitoblarni tanlab olishdi. Tashrif ishtirokchilari kitob oʻqish inson tafakkurini boyitishi, dunyoqarashni kengaytirishini taʼkidlashdi.
Mazkur tashrif bolalarda kitobga boʻlgan qiziqishni yanada oshirishga, ularni maʼnaviy yuksaltirishga xizmat qildi. Qoʻriqlash boshqarmasi tomonidan bunday foydali tashabbuslar kelgusida ham davom ettiriladi.