Tarix – kelajak poydevori
Qashqadaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtqazish maqsadida Qarshi shahrida joylashgan "Oʻlkashunoslik muzeyi"ga ekskursiya tashkil etildi.
Qashqadaryo viloyat oʻlkashunoslik muzeyi — madaniy-maʼrifiy muassasa. 1975 yilda Qarshi shahrida tashkil etilgan. Muzey fondida 20 mingdan ziyod numizmatika, arxeologiya, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari, tarixiy hujjatlar, nodir qoʻlyozmalar, kitoblar, maishiy va etnografiyaga oid eksponatlar mavjud (2005). Muzey ilmiy tekshirish ishlari olib boradi, fondini boyitadi, kitob, kataloglar nashr etadi; jumladan, Rimda fransuz tilida chop etilgan "Qarshi oʻlkashunoslik muzeyidagi sharq qoʻlyozmalari katalogi" 50 dan ortiq qoʻlyozmalar haqida maʼlumotlar bor)
Xodimlar muzeyga tashrif davomida uzoq oʻtmishdan soʻzlovchi eksponatlar toʻgʻrisida yetarlicha maʼlumotlarga ega boʻlishdi.
Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari va ularning oila aʼzolari uchun ham Taxtakoʻpir tumanidagi “Qarateren” etno-turistik majmuasiga sayohat tashkil etildi. Majmua hududida sayohat ishtirokchilari tarixiy bunyodkorlik, anʼanaviy uy-joylar, hunarmandlar ustaxonalari, turli xoʻjalik inshootlarini koʻrishdi. Tashrif buyuruvchilar nafaqat ekspozitsiyalarni tomosha qilish, balki turli madaniy tadbirlarda ishtirok etib, oʻtmish muhitiga chuqur yengilish imkoniyatiga ham ega boʻldi.