Yangiliklar

4 Dekabr 2025

Buxoro viloyatida Qoʻriqlash faoliyatini takomillashtirish maqsadida Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati tomonidan kompleks oʻrganish ishlari olib borildi

Buxoro viloyatida Qoʻriqlash faoliyatini takomillashtirish, qoʻriqlanayotgan obyektlarni himoya qilish tizimini mustahkamlash, shaxsiy tarkibning jangovar shayligini, tezkor harakatlanuvchi guruhlar samaradorligini oshirish, shuningdek, ichki tartib-intizom va xizmat jarayonlarining shaffofligini takomillashtirish maqsadida Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati tomonidan markaziy apparat hamda shahar-tuman boʻlinmalarida kompleks oʻrganish ishlari olib borildi.

Jumladan, mazkur ishlar davomida xodimlarning xizmat vazifalarini qay darajada bajarayotgani, qoʻriqlanayotgan obyektlarda xavfsizlikni taʼminlash va jamoat tartibini saqlash, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan noxush holatlarning oldini olish, mavjud resurslardan foydalanish, qoʻriqdagi obyektlarda raqamli texnologiyalarni joriy etish istiqbollariga katta eʼtibor qaratildi.

Tadqiqot natijalari asosida Qoʻriqlash xizmati samaradorligini yanada oshirish va xodimlarning kasbiy faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan taklif va vazifalar shakllantirilgan. Shu bilan birga, boʻlinmalar faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilib, mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.