Yangiliklar

27 Mart 2025

Hududiy Qoʻriqlash boshqarmalarida Kasaba uyushmalarining hisobot-saylov konferensiyalari oʻtkazildi

Xorazm viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi viloyat kengashiga aʼzo boshlangʻich kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda jamoa shartnomasining 2024 yil davomida bajarilishi yakunlari muhokama qilindi hamda kasaba uyushmaning faoliyatiga doir dolzarb masalalar koʻrib chiqildi. Tadbirda davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Xorazm viloyat kengashi raisi SH.Allaberganov va tashkiliy ishlar boʻlimi mudiri X.Sattarov ishtirok etib, tashkilot oldida turgan ustuvor vazifalarga toʻxtalib oʻtishdi.
Shuningdek, yigʻilishda kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan ushbu tashkilotning taraqqiyot yoʻli va ularning xodimlar manfaatlarini himoya qilishdagi oʻrni haqida maʼlumotlar berildi.
Bu kabi tadbir Namangan viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida ham oʻtkazilgan boʻlib, unda shahar va tumanlar Qoʻriqlash boʻlimlari ham videokonferensaloqa orqali ishtiroki taʼminlandi.
Boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitasining 2020–2025 yillardagi faoliyati yuzasidan maʼruzasi yigʻilish qatnashchilariga oʻqib eshittirildi va bajarilgan ishlar muhokama qilindi.
Namangan viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitasi raisi va uning aʼzolari hamda taftish komissiyasi raisi va uning aʼzolari saylandi, shu bilan birga kelgusi 5 yillik uchun vazifalar belgilab olindi.
Konferensiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar koʻrib chiqilib, kasaba uyushma qoʻmitasining raisi va aʼzolari qayta saylandi.