Yangiliklar

22 Sentyabr 2025

Xodimlarning nazariy va psixologik bilimlarini mustahkamlash maqsadida "Boshqaruv psixologiyasi" mavzusida davra suhbati va trening mashgʻulotlari tashkil etildi.

Xorazm viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida xodimlarning kasbiy bilim va psixologik salohiyatini yanada oshirish maqsadida “Boshqaruv psixologiyasi” mavzusida davra suhbati va amaliy trening mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Tadbirda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat Universitetining Pedagogika va psixologiya kafedrasi oʻqituvchisi Bonu Qalandarova ishtirok etdi va boshqaruv psixologiyasi, shaxslararo munosabatlar, rahbarlik mahorati hamda ish jamoasida sogʻlom psixologik muhitni shakllantirishga oid muhim masalalar yuzasidan maʼruza qildi.

Shuningdek, trening jarayonida ishtirokchilar psixologik mashqlar va rolli oʻyinlar orqali turli hayotiy vaziyatlarda toʻgʻri va samarali muomala qilish koʻnikmalarini shakllantirdilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan javob oldilar hamda bunday treninglarning kelgusida ham davom ettirilishi maqsadga muvofiq ekanini taʼkidladilar.