Yangiliklar

29 Mart 2023

HINDISTONDAN XUSHXABAR: SAFDOSHIMIZ NAVBAHOR HAMIDOVA JAHON CHEMPIONATINING BRONZA MEDALIGA EGA CHIQDI!

Hindiston poytaxti Nyu-Deli shahrida ayollar boksi bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Toshkent shahar "Qo‘riqlash" boshqarmasmi Yashnobod tuman "Qo‘riqlash" bo‘limi safdor xodimasi Navbahor Hamidova bronza medali bilan taqdirlandi.

-66 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz chorak finalda jazoirlik Imane Xelifga imkoniyatni boy bergan edi. Biroq keyinchalik jazoirlik bokschi diskvalifikatsiya qilindi va uning o‘rniga Hamidova yarim finalchi sifatida qayd etildi.

Shu tariqa, bokschi qizlarimiz ketma-ket ikkinchi bor dunyo birinchiligini medal bilan yakunlashmoqda. Eslatib o‘tamiz, bundan avval Turkiyada o‘tgan jahon chempionatida mamlakatimiz vakilalari 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishgan edi.
Ma’lumot o‘rnida safdoshimiz Navbahor Hamidova joriy yilning noyabr oyida Iordaniyada bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida ham faol ishtirok etib, -66 kg vazn toifasida koreyalik raqibasi ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritgan edi.

Safdoshimizni ushbu navbatdagi nufuzli bellashuvlardagi yirik g‘alabasi bilan samimiy muborakbod etamiz.