Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida axloqiy-ruhiy tayyorgarlik kuni doirasida davra suhbati oʻtkazildi
Ushbu tadbirda Fargʻona viloyati IIB Tibbiyot boʻlimi psixologlari ishtirok etib, “Ruhiy zoʻriqishlarni kelib chiqishi va ularning oldini olish chora-tadbirlari” mavzusida maʼruza qildi.
Tadbirning asosiy maqsadi xodimlarning psixologik barqarorligini taʼminlash, ularning ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan stress holatlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni samarali tarzda yengib oʻtish usullarini oʻrganishdan iborat edi. Mutaxassislar tomonidan ruhiy zoʻriqishlarning turli sabablari haqida atroflicha toʻxtaldi, shuningdek, ularning kasbiy faoliyat va shaxsiy hayotga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha tavsiyalar berildi. Tadbir davomida xodimlarga maxsus psixologik mashqlar va texnikalar oʻrgatildi, ularning ishlab chiqarish jarayonida foydalanish muhimligi taʼkidlandi. Bundan tashqari, psixoemotsional muvozanatni saqlash, stress holatlarini barvaqt aniqlash va bunday vaziyatlarda toʻgʻri yoʻl tutish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.