Namangan viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi hamda shahar-tuman "Qo‘riqlash" bo‘limlari shaxsiy tarkibi orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish orqali ona vatanga muhabbat, xizmat burchiga sadoqat xislatlarni kamol toptirish, yosh avlod vakillarining kitobga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish maqsadida “Yosh kitobxonlik” ko‘rik tanlovi o‘tkazilib, ishtirokchilar 3 ta shart bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
"Badiiy asarlar talqini", "Men sevgan adib", "Erkin mavzu" yo‘nalishlarida xodimlar asarlardan olgan taassurotlarini, turli epizodlarni mahorat bilan ijro etish orqali adabiyotga qanchalik oshufta ekanligini isbotladilar.
Shartlar ishtirokchilar uchun qiyinchilik tug‘dirmadi, chunki har bir tinchlik posboni ushbu tanlovdagi asarlar bilan deyarli tanish, qahramonlari bilan esa qalban yaqin bo‘lib ulgurgan. Ayniqsa erkin mavzuda ijro etilgan ona vatanni, tinchlikni, jannatmakon O‘zbekistonni tarannum etuvchi she’rlar, monologlar tomoshabinlar va hakamlar olqishiga sazovor bo‘ldi.
Saralash jarayonida tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan xodimga respublika bosqichiga yo‘llanma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.