Yangiliklar

17 Fevral 2024

ENG CHAQQON VA FAOL XODIMLAR MUSOBAQALARDA GʻOLIB BOʻLISHDI

Milliy gvardiya tizimlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlari orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ularni olimpik sport turlariga qiziqishlarini oshirish hamda professional sportchilarni saralab olish maqsadida Samarqand shahridagi "Badminton" sport majmuasida sportning stol tennis turi boʻyicha Milliy gvardiya birinchiligi musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Ikki bosqichdan iborat boʻlgan, xususan, yakkalik hamda juftlik oʻyinlarda, respublikaning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan Milliy gvardiya boʻlinmalari sportchilar oʻzaro sogʻlom raqobat asosida kuch sinashishdi. Qizgʻin bahslarga boy tarzda oʻtgan uchrashuv natijalariga koʻra yakkalik bahslarida Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi jamoasi ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Shuningdek, gʻalabaga boʻlgan intilish boʻyicha ham gʻoliblar aniqlanib, barcha gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilarning diplom, medal, kubok hamda qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandilar.