Yangiliklar

26 Aprel 2024

"KOSMONAVTLAR" VA "OʻLKASHUNOSLIK" MUZEYLARIGA TASHRIF

Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumani "Qoʻriqlash" boʻlimi hamda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bilan hamkorlikda maktab oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish va tarixni anglatish, shuningdek kitobga qiziqishlarini oshirish maqsadida "Kosmonavtlar" va "Oʻlkashunoslik" muzeylariga olib borildi.
Oʻquvchilar muzeyarning koʻrgazma zallaridagi nodir eksponatlar, oʻtmishimizga oid tarixiy yodgorliklar, oʻzbek tarixchiligi hamda qadimiy asori-atiqalar bilan yaqindan tanishib, koʻplab maʼlumotlarga ega boʻldilar. Muzey mutaxassislari tomonidan qadimiy topilmalarning tarixi haqida tushunchalar berildi.
Shundan soʻng yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida kitob yarmarkasi tashkillashtirildi. Mazkur kitob yarmarkasida jahon va oʻzbek namoyondalarining ajoyib asarlari jamlangan boʻlib, ushbu yarmarka orqali oʻquvchilar oʻzlari uchun zarur boʻlgan kitoblar jamlanmasini olish imkoniyatiga ega boʻldilar.