Yangiliklar

12 Dekabr 2025

Davlatimiz rahbarining mamlakatimizda Qoʻriqlash faoliyati sohasini samarali tashkil etish borasidagi topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida Qoʻriqlash Departamenti boshligʻi tomonidan Samarqand viloyatida Qoʻriqlash xizmatini tubdan takomillashtirish, mavjud muammolarni oʻrganish va ularni bartaraf etishda amaliy yordam koʻrsatish maqsadida oʻrganish ishlari olib borildi

Davlatimiz rahbarining ichki ishlar organlarining Qoʻriqlash sohasidagi faoliyatini samarali tashkil etish borasidagi vazifalari ijrosini taʼminlash maqsadida Qoʻriqlash Departamenti boshligʻi Q.A.Shodibekov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Samarqand viloyatida qoʻriqlash faoliyatini tubdan isloh qilish, Qoʻriqlash boʻlinmalari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida oʻrganish ishlari olib borildi.

Oʻrganishlar davomida qoʻriqda boʻlgan xalq xoʻjaligi, oʻta muhim va toifalangan hamda turizm obyektlarining, shuningdek bozorlarning texnik mustahkamlik holatlari, xodimlarning xizmat oʻtash sharoiti va taʼminlanganlik darajasi, shuningdek jangovar tayyorgarlik holati bilan tanishildi.

Obyektlar rahbarlari bilan uchrashilib, qoʻriqlanayotgan hududlarning xavfsizligini oshirish va raqamli texnologiyalar imkoniyatlarini keng joriy etish masalalari muhokama etildi.

Qoʻriqda boʻlgan 9 000 dan ortiq obyekt va 5 000 dan ortiq xonadonlarning texnik mustahkamlik holatlarini qayta nazoratdan oʻtkazish boʻyicha topshiriqlar berildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish va bildirilgan takliflar yuzasidan boshqaruv apparati xodimlariga koʻrsatmalar berilib, barcha zaruriy vositalar ajratildi.

Shuningdek masʼullarga Qoʻriqlash boʻlinmalari monitoring markazlari faoliyatni ichki ishlar organlari navbatchilik qismlar bilan uzviy bogʻlash, tezkor harakatlanuvchi guruhlarning faoliyatini sohaviy xizmatlar bilan birgalikda tashkil etish hamda jinoyat va huquqbuzarliklarda hamkorlikda harakatlanishlarini tashkil etish boʻyicha topshiriqlar berildi.