Yangiliklar

12 Fevral 2026

Davlatimiz rahbarining 27 yanvar kuni Toshkent shahar Qoʻriqlash xizmatiga tashriflari davomida bergan topshiriqlari ijrosini taʼminlash, shuningdek respublikamiz boʻylab xavfsiz muhit va jinoyatchilikdan holi hudud xavfsizligini taʼminlash borasidagi vazifalari ijrosini taʼminlash, shuningdek obyektlarning qoʻriqlovini samarali tashkil etish hamda mavjud muammolarni oʻrganish va ularni bartaraf etishda amaliy yordam koʻrsatish maqsadida Qoʻriqlash Departamenti rahbariyati tomonidan Qashqadaryo viloyatida oʻrganish ishlari olib borildi

Davlatimiz rahbarining 27 yanvar kuni Toshkent shahar Qoʻriqlash xizmatiga tashriflari davomida bergan topshiriqlari ijrosini taʼminlash, shuningdek respublikamiz boʻylab xavfsiz muhit va jinoyatchilikdan holi hudud xavfsizligini taʼminlash borasidagi vazifalari ijrosini taʼminlash, shuningdek obyektlarning qoʻriqlovini samarali tashkil etish hamda mavjud muammolarni oʻrganish va ularni bartaraf etishda amaliy yordam koʻrsatish maqsadida Qoʻriqlash Departamenti rahbariyati tomonidan Qashqadaryo viloyatida oʻrganish ishlari olib borildi.

Davlatimiz rahbarining ichki ishlar organlarining Qoʻriqlash sohasidagi faoliyatini samarali tashkil etish borasidagi vazifalari ijrosini taʼminlash maqsadida Qoʻriqlash Departamenti boshligʻi oʻrinbosari A.N.Umarov rahbarligi tomonidan Qashqadaryo viloyatida Qoʻriqlash boʻlinmalari xizmat faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida oʻrganish ishlari olib borildi.

Oʻrganishlar davomida dastlab Qoʻriqlash xizmatida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishilib, qoʻriqda boʻlgan oʻta muhim va toifalangan hamda xalq xoʻjaligi obyektlarining texnik mustahkamlik holatlari, xodimlarning xizmat oʻtash sharoiti va taʼminlanganlik darajasi, shuningdek jangovar tayyorgarlik holati bilan tanishildi. Qoʻriqlanayotgan hududlarning xavfsizligini oshirish va raqamli texnologiyalar imkoniyatlarini keng joriy etish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek Qoʻriqlash xizmatining monitoring markazida axborot -tahlil va huquqbuzarliklarni oldini olishda tizimdagi yutuq va kamchiliklar atroflicha oʻrganildi. Shundan soʻng Qarshi shahri Qoʻriqlash xizmatining tungi xizmatga jalb etiladigan tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari ishtirokida shaxsiy tarkibning xizmat oldi yoʻriqnomasiga oʻtkazilib, xodimlarga hushyor va sergak xizmat olib borishlari,xodimlarining jamoat va fuqarolar xavfsizligiga, el osoyishtaligini taʼminlash borasidagi vazifalari eslatib oʻtildi. Bundan tashqari, tungi vaqtda maktab qorovullarining xizmat faoliyat koʻzdan kechirilib, “tashvish tugmasi”ning ishlash darajasi oʻrganildi. Oʻtkazilgan tekshiruvlar davomida masʼullarga xavfsizlikni taʼminlash, hududda profilaktik ishlar samaradorligini oshirish hamda aholiga zarur amaliy koʻmak koʻrsatish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish va bildirilgan takliflar yuzasidan boshqaruv apparati xodimlariga koʻrsatmalar berilib, barcha zaruriy vositalar ajratildi.
Masʼullarga Qoʻriqlash boʻlinmalari monitoring markazlari faoliyatni ichki ishlar organlari navbatchilik qismlar bilan uzviy bogʻlash, tezkor harakatlanuvchi guruhlarning faoliyatini sohaviy xizmatlar bilan birgalikda tashkil etish hamda jinoyat va huquqbuzarliklarda hamkorlikda harakatlanishlarini tashkil etish boʻyicha topshiriqlar berildi.