DAVLAT MULKINING TALON-TAROJ QILINISHI OLDI OLINDI
12 may kuni soat 18:35 da, “Navoiyazot” AJning avtotransport vositalari chiqish darvozasida xizmat olib borayotgan Navoiy viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan, 2000 yilda Navoiy viloyati Karmana tumanida tug‘ilgan, haydovchi Maxmudov boshqaruvida bo‘lgan, "DAF" rusumli avtomashinasi to‘xtatilib “SCHWARZMULLER” rusumli tirkamasi ko‘zdan kechirilganda, mazkur tirkama ustiga yuklangan, ustki qismi ochiq holda bo‘lgan ko‘k rangli konteyner ichida umumiy og‘irligi 19.120 kg bo‘lgan, 2 dona zanglamas (nerjaveyka) metalldan yasalgan har birining uzunligi 6,2 metr, 1000 mm li bo‘lgan teploobmennik va 2 (ikki) dona zanglamas (nerjoveyka) metalldan yasalgan bir tomoni 1000 mm li, ikkinchi tomoni 350 mm li bo‘lgan teploobmennik uskunasining qopqoqlarini hech qanday tegishli hujjatlarsiz, “Navoiyazot” AJ boshqaruvi raisi O.Sh.Temirovning ruxsatisiz olib chiqishga uringan vaqtida aniqlandi. Xodimlarning hushyorligi natijasida noqonuniy olib chiqib ketilishi mumkin bo‘lgan taxminiy qiymati 48 383 600 (qirq sakkiz million uch yuz yetmish uch ming olti yuz) so‘m davlat mulkining talon-taroj qilinishi oldi olindi.
Voqea joyiga Navoiy shahar IIO tergov-tezkor guruhi chaqirtirilib, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.