Yangiliklar

20 Iyul 2023

KORRUPSIYA – JAMIYAT KUSHANDASI


Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, davlatni ich-ichidan yemirib boradi, xalqni xonavayron etadi. Davlat va jamiyatda sog‘lom muhitning qaror topishi, barqarorligi, tinchligi va taraqqiyoti uchun xavf soladi. Unga qarshi temir intizom bilan kurashish barcha sohalarda muhim jihatlardan hisoblanadi.

Kuni kecha Samarqand viloyat “Qo‘riqlash” boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida xodimlar orasida korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

So‘z olganlar tomonidan asosiy e’tibor korrupsiyaga qarshi har kim har doim kurashishi, bu illatning jamiyatga, taraqqiyotga va xavfsizlikka katta tahdid ekanini har bir ongli inson chuqur anglashi lozim ekanligi ta’kidlandi.

Xodimlarga korrupsiyaning oldini olish, unga barham berishda faqat davlat va hukumatning kuchi bilangina erishib bo‘lmasligi tushuntirildi. Shuning uchun mazkur ijtimoiy illatga qarshi butun jamiyat, barcha fuqarolar oyoqqa turmog‘i, kurashmog‘i zarur.

Har qanday jamiyat uchun ushbu jinoyatga qarshi kurashish eng dolzarb masalalardan biridir bo‘lib qolayotganligi haqida ma’lumotlar berilib, korrupsion va tamagirlik holatlari qanday salbiy natijalarga olib kelishi mumkinligi videorolik orqali namoyish etildi.