Yangiliklar

18 Iyun 2025

Andijon viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari uchun “Stressga qarshi sogʻlom psixologik immunitetni shakllantirish” mavzusida sohaviy psixologlar tomonidan keng qamrovli trening mashgʻulotlari oʻtkazildi

Andijon viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari uchun “Stressga qarshi sogʻlom psixologik immunitetni shakllantirish” mavzusida sohaviy psixologlar tomonidan keng qamrovli trening mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Mazkur treningning asosiy maqsadi – xodimlarning ish jarayonidagi ruhiy zoʻriqish va stress holatlarini aniqlash, ularni bartaraf etish usullarini oʻrgatish hamda sogʻlom psixologik muhitni shakllantirishdan iborat boʻldi.

Tadbir davomida psixologlar tomonidan amaliy mashqlar, test sinovlari va guruhli tahlillar orqali xodimlarning ruhiy holati oʻrganildi. Shuningdek, qatnashchilarga stressni boshqarish, emotsiyalarini nazorat qilish, ish unumdorligini oshirish va jamoada samarali muloqot olib borish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Trening jarayonida interaktiv uslublardan foydalanildi, xodimlar oʻzaro tajriba almashish, muammolarni muhokama qilish va ularga yechim topish imkoniga ega boʻldilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan trening foydali va amaliyotga yoʻnaltirilgan ekani taʼkidlandi.