Buxoro viloyati IIB TQX Axborot texnologiyalari bilan bogʻliq jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Qoʻriqlash boshqarmasi hamkorligida "Kiberjinoyat va kibergigiyena" mavzusida targʻibot tadbirlari oʻtkazildi
Bugungi raqamli asrda kiberjinoyatlar global xavf sifatida dolzarb boʻlib, har bir fuqarodan yuqori darajada hushyorlik va texnologiyaviy savodxonlik talab etiladi. Shu maqsadda Buxoro viloyati IIB TQX Axborot texnologiyalari bilan bogʻliq jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari masʼullari tomonidan "Kiberjinoyat va kibergigiyena" mavzusida Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari ishtirokida targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Tadbirda kiberjinoyatlarning turlari, ularning salbiy oqibatlari va oldini olish choralari batafsil tushuntirildi. Ijtimoiy tarmoqlarda, messenjerlarda va elektron pochta orqali firibgarlikdan himoyalanish boʻyicha amaliy tavsiyalar berildi. Parol xavfsizligi, ikki bosqichli autentifikatsiya, shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish qoidalari haqida interaktiv suhbatlar hamda internetda ehtiyotkorlik bilan harakatlanish, begona havolalarga oʻtmaslik, shubhali akkauntlardan saqlanish boʻyicha maslahatlar berildi.