NAJOT – TAʼLIMDA, ZAKOVATDA!
Ming yillik davlatchilik tarixiga ega boʻlgan ona zaminimizning har bir davrida jamiyat taraqqiyoti bilim va maʼrifat bilan bogʻlanganligi buyuk allomalarimizning qoldirgan ilmiy-maʼrifiy merosi orqali barchamizga maʼlum.
Milliy gvardiya Namangan viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi, viloyat Harbiy prokuraturasi, Yoshlar ishlari boshqarmasi hamda Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Namangan viloyat Kengashi bilan hamkorlikda “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostida "Qoʻriqlash" xizmatining 30 yoshgacha boʻlgan yosh xodimlari oʻrtasida ularning bilim salohiyati va darajasini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish maqsadida “Zakovat” intellektual turniri tashkil etildi. Turnir Namangan shahridagi “Zakovat klubi” binosida boʻlib oʻtdi.
Turnirda Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" boshqarmasi va shahar-tuman boʻlimlarida xizmat qilib kelayotgan yosh xodimlardan iborat 14 ta jamoa gʻoliblik uchun bellashdilar.
24 ta savol asosida oʻtkazilgan turnir yakuniga koʻra 1 oʻrin Norin tumani "Qoʻriqlash" boʻlimi, 2 oʻrin Namangan shahar "Qoʻriqlash" boʻlimi, 3 oʻrin esa Namangan viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlaridan tashkil topgan jamoalar egalladi.
Gʻolib jamoalar "Qoʻriqlash" boshqarmasining diplom va pul mukofoti hamda Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Namangan viloyat Kengashining Xorazm viloyatiga bepul sayohat yoʻllanmasi bilan taqdirlandilar.