Yangiliklar

9 Sentyabr 2024

DINIY-EKSTREMIZMGA QARSHI KURASHISH – BARCHAMIZNING MUQADDAS BURCHIMIZ!

Milliy gvardiya mintaqaviy oʻquv markazlarida tinglovchilar bilan “Diniy ekstremizmga qarshi kurashish – barchamizning muqaddas burchimiz!” mavzusida davra suhbatlari oʻtkazildi.
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi” kuni doirasida oʻtkazilgan tadbirlarga Milliy gvardiya Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi, Din ishlari qoʻmitasi, IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boʻlimi vakillari taklif etildi. Tadbirlarda mutaxassislar tomonidan bugungi globallashuv va tez surʼatlar bilan oʻzgarib borayotgan murakkab va shiddatli davrda islom dinini niqob qilib olgan kuchlar internet tarmoqlari orqali yoshlarning ongini buzish va ichki parokandalikni keltirib chiqarish orqali buzgʻunchi gʻoyalarini amalga oshirishda yoshlarni qurol sifatida foydalanishlari, buni oldini olishda yoshlar maʼnaviyatini turli tahdidlardan asrash, ularning xalqaro maydonda sodir boʻlayotgan jarayonlarning tub mohiyatini anglab yetishida oila — mahalla — taʼlim muassasasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligini samarali yoʻlga qoʻyish xususida tushunchalar berildi.
Davra suhbatlarida tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga malakali mutaxassislar tomonidan javob oldilar.