"KITOBXONLIK – BUYUK KELAJAK KAFOLATI"
Kitob umr yoʻllarini yorituvchi soʻnmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh boʻluvchi sodiq doʻst. Insonning maʼnaviy kamolotini taʼminlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yoʻq. Shu bois azal-azaldan maʼrifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob oʻqishga, undan ilmu odob sirlarini oʻrganishga chorlab kelishgan.
Shu maqsadda, Milliy gvardiya Namangan viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Namangan shahar Margʻilon koʻchasida joylashgan Nodirabegim nomidagi viloyat Axborot-kutubxona markazida Kitobxonlar klubi aʼzolari ishtirokida kitobxonlik tadbiri oʻtkazildi.
Unda Kitobxonlar klubi aʼzolari tomonidan xodimlarga mutolaa madaniyatini yuksaltirish, ularning maʼnaviy intellektual salohiyati, ongu-tafakkurini va dunyoqarashini kengaytirish, tizimda kitobxonlikni keng targʻib qilish, kitob mutolaasiga mehrini oshirish va ajdodlarimiz tomonidan bizlarga qoldirilgan ulkan badiiy merosni avaylab asrashimiz boʻyicha tushunchalar berildilar.
Xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga mavzu yuzasidan oʻz fikr va mulohazalarini ham bildirib oʻzlarining naqadar bilimga ega ekanliklarini namoyish etdilar.