Yangiliklar

14 Iyun 2023

BEGʻARAZ DONORLIK KIMNINGDIR SALOMATLIGI, UNING HAYOTI UCHUN HADYA ETILADIGAN BEBAHO NE’MATDIR

14 iyun – Butunjahon qon donorlari kuni munosabati bilan "Qo‘riqlash" bosh boshqarmasi va Farg‘ona, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmalari xodimlari hamda boshqa ko‘plab tashkilot vakillari "Qon topshir – hayot in’om et" shiori ostida beg‘araz qon topshirish aksiyasida ishtirok etdilar.

Respublika bo‘ylab tashkil etilgan ushbu xayriya tadbirida o‘zgalar salomatligiga befarq bo‘lmagan minglab insonlar ishtirok etishdi.

Bu kabi tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, insonlarni ko‘ngilli ravishda qon topshirishga chorlash orqali bemorlarning hayotini saqlab qolish, jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat g‘oyalarini keng targ‘ib qilishga qaratilgan.

Faqat yaxshi insonlarning yordami bilangina og‘ir ahvoldagi bemorlarni hayotga qaytarish, ularning umriga umr qo‘shish mumkin. Turli qon guruhlariga mansub xodimlar tomonidan topshirilgan qon plazmalari to‘planib Qashqadaryo viloyat gematologiya bo‘limida shifo istagidagi yuragida nuqsoni bor bemorlar uchun yo‘naltiriladi.