Yangiliklar

16 Aprel 2023

“AJDODLAR IZIDAN” KO‘RIK-TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI

Kuni kecha O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi tomonidan Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasida viloyatdagi Mudofaa vazirligi, Milliy Gvardiya hamda DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qism va muassasalarni yosh harbiy xizmatchilar va xodimlar o‘rtasida “Ajdodlar izidan” intellektual tanlovning viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Bellashuvda jamoalarga "Boburnoma", "Ufq", "Jaloliddin Manguberdi", "Amir Temur saltanatida xavfsizlik xizmati", "Mirzo Ulug‘bek" kabi o‘nlab badiiy asarlardan savollar berildi.

Tanlovda 10 ta jamoalarga buyuk sarkardalarimizning jang san’ati, jamiyat va davlat hayotida amalga oshirgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va harbiy islohotlari to‘g‘risidagi 4 ta kitob asosida savol-javob tashkil etildi.

Ushbu intellektual tanlovda ishtirokchilar o‘zlarining ma’naviy-mafkuraviy dunyoqarashlarini va iqtidorlarini namoyish etdilar.

Ko‘rik-tanlov mezoniga asosan ikki bosqichda o‘tkazilgan bellashuvlarda jamoalar ichida viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasi yoshlari jamoasi yaqqol ustunlik bilan faxrli 1 o‘rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.