Yangiliklar

1 Aprel 2023

“AXSIKЕNT” YODGORLIGIGA SAYOHAT TASHKIL ETILDI

Bugungi kunda o‘sib kelayotgan yosh avlod ongida vatanga muhabbat avlod ajdodlardan qolgan an’analarga hurmat milliylikga sadoqat, milliy g‘urur va milliy ong tuyg‘ularini shakllantirishda eng avvalo o‘zimiz yashab turgan tuproq tarixini chuqur anglatish, kimlarning avlodi ekanligini tushuntirish va ularga munosib bo‘lishga undash kerak.

Bu yo‘lda esa bizga birinchi navbatda ajdodlardan qolgan tarixiy madaniy meroslar bilan yosh avlodni tanishtirish va anglatish mas’uliyati yuklatiladi. Shu maqsadda Namangan viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Mingbuloq tumanidagi 14-sonli maktab o‘quvchilari uchun “Axsikent” ochiq osmon ostidagi muzeyiga sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida mutaxassis tarixchilar tomonidan o‘quvchi yoshlarga bu yerda o‘rganilgan shahar qoldiqlari va ularning taalluqlilik davri haqida, shuningdek o‘sha davr aholisi, ularning turmush tarzi to‘g‘risida ma’lumotlar berishdi.