Yangiliklar

27 Avgust 2025

31 avgust – Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuni

Sana munosabati bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻriqlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida "Qatagʻon qurbonlari – Millat fidoyilari" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy davra suhbati oʻtkazildi.

Mazkur tadbirda Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi Qatagʻon qurbonlarini xotirlash muzeyi direktori tarix fanlari nomzodi A.Qudiyarov ishtirok etib, xodimlarga ushbu insonlarning hayoti va xizmatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtdi.

Tadbirdan soʻng, soha vakillari Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi Qatagʻon qurbonlarini xotirlash muzeyiga taklif etilib, muzey xodimlari tomonidan Qatagʻon qurbonlarining kartinalari va ularning hayoti, yurt osoyishtaligi yoʻlida qilgan xizmatlari shuningdek, bugungi kunda ularning tarixi haqida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida tushunchalari berib oʻtildi.

Tadbir borasida soha xodimlari mutaxassislardan oʻzlarini qiziqtirgan savollariga kerakli javoblarini oldi.