Toshkent mintaqaviy

6 Sentyabr 2025

Toshkent mintaqaviy oʻquv markazida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasiga bagʻishlangan oʻquv mashgʻuloti tashkil etildi

Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibi va tinglovchilari ishtirokida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasiga bagʻishlangan oʻquv mashgʻuloti tashkil etildi. Unda, Taraqqiyot strategiyasi markazi boʻlim boshligʻi F.Xakimov ishtirok etib, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, ustuvor yoʻnalishlari hamda ushbu strategiya doirasida hozirgi kunga qadar amalga oshirilgan islohotlar xususida zaruriy maʼlumotlar yetkazdi.
Shuningdek, bugungi kunda xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi Oʻzbekistonni barpo etish boʻyicha xohish irodasini roʻyobga chiqarish, har bir fuqaroga oʻz salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sogʻlom, bilimli va maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim boʻgʻiniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat va qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli taʼminlash zarurligi ham taʼkidlab oʻtildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.