Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy

7 Dekabr 2025

Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazida, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan "KONSTITUTSIYA – baxtimiz poydevori" shiori ostida turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Jumladan, markazda tahsil olayotgan tinglovchilarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, Vatanga sadoqat va vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirish maqsadida kuni kecha Nukus shahridagi I.V.Savitskiy nomidagi Davlat sanʼat muzeyiga sayohat tashkil etildi.

Ekskursiyada tinglovchilar muzeyda joylashgan turli mavzulardagi eksponatlar bilan tanishib, xalqimizning boy madaniy tarixi haqida koʻplab maʼlumotlarga ega boʻldilar. Ekskursiya taʼlim jarayonining muhim elementiga aylandi: tinglovchilar nafaqat dunyoqarashlarini kengaytirdilar, balki Oʻzbekistonning zamonaviy madaniy oʻziga xosligiga asos boʻlgan koʻp asrlik anʼanalarning yaqqol dalillarini ham koʻrdilar.