Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazida huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan oʻtkazilgan tadbir
Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazida INFORMATSIYA texnologiyalari jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi masʼullari tomonidan oʻquv markazi doimiy shaxsiy tarkibi va tinglovchilar orasida "Kiberjinoyatlarning oldini olish hamda aholining kibermadaniyatini yuksaltirishga qaratilgan barcha zarur choralarni koʻrish" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Mazkur tadbir davomida tinglovchilar hozirgi globallashuv jarayonida salbiy illatlari Kiberjinoyatlarni oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha maʼlumotlarga ega boʻlishdi. Bundan tashqari, kiberxavfsizlikning amaliy jihatlariga alohida eʼtibor qaratildi. Mutaxassislar internetda eng keng tarqalgan firibgarlik sxemalarini namoyish etib, shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish usullari haqida soʻzlab berishdi. Ishtirokchilar fishing saytlarini aniqlash, onlayn bankingdan xavfsiz foydalanish va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini himoya qilishni oʻrgandilar. Olingan bilimlar tinglovchilarga nafaqat oʻzlarini xavfsiz saqlashga, balki mintaqa aholisining umumiy kibersavodxonlik darajasini oshirishga hissa qoʻshishga yordam beradi.
Tadbir davomida markaz tinglovchilar zarur bilim va koʻnikmalarga ega boʻlib, oʻzlarining qiziqtirgan savollariga masʼullar tomonidan javob olishdi.