Talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish hamda ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazi xodimlari tomonidan Nukus shahrida joylashgan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining yuridik fakulteti hamda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Nukus "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi talabalarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish hamda ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
Mazkur tadbirda talaba yoshlar oʻquv markazi faoliyati hamda yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi. Tadbir vaqtida markaz oʻquv jarayoni boʻyicha maʼlumotlar, kitobxonlik hamda ot sporti boʻyicha darslar tashkil etildi. Shuningdek, boʻlinma boshligʻi, psixolog mayor R.Tileumuratov tomonidan "Yoshlarning erkin fikr yuritishida yuzaga keladigan muammolar" mavzusida psixologik trening tashkil etildi.
Bunday uchrashuvlar nafaqat yoshlarni kasbga yoʻnaltirishga, balki oʻsib kelayotgan avlodda vatanparvarlik va oʻz mamlakati kelajagi uchun masʼuliyat tuygʻusini shakllantirishga ham xizmat qiladi.