Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi
Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi
Fargʻona davlat universitetining Jahon tillari kafedrasi talabalari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Tadbir davomida talabalar oʻquv markazidagi tinglovchilar va xodimlarning xizmat faoliyati, ularning maxsus va kasbiy tayyorgarlik mashgʻulotlari, qoʻl jangi sanʼati hamda boshqa amaliy mashgʻulot jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
Ishtirokchilar harbiy xizmatchilarning kundalik faoliyatini koʻzdan kechirish asnosida bu kasbning sharafli va masʼuliyatli ekanligini anglab, vatanparvarlik ruhlari yanada yuksalganini taʼkidladilar.
Shuningdek, yoshlar oʻquv markazida tinglovchilar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar va taʼlim jarayoni bilan, shu jumladan, kutubxona, oʻquv auditoriyalari va dam olish maskanlari bilan ham yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻldilar.
Tadbir yoshlar qalbida harbiy sohaga qiziqish va fidoyilik tuygʻularini mustahkamlashga xizmat qildi.