Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibi hamda tinglovchilari ishtirokida “Raqamli iqtisodiyotda kiberjinoyatlar – bugungi kunda asosiy tahdidlardan biri” mavzusida seminar mashgʻuloti oʻtkazildi.

Ushbu seminar davomida ishtirokchilar internetdan foydalanishda shaxsiy maʼlumotlarni muhofaza qilish, onlayn toʻlovlarda xavfsizlik qoidalariga amal qilish hamda kiberhujumlardan himoyalanish usullari haqida atroflicha maʼlumotlarga ega boʻlishdi. Bundan tashqari, messenjer va ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy maʼlumotlarni ochiq qoldirmaslik, smartfon hamda kompyuter tizimlarini muntazam yangilab borish kabi muhim maslahatlar taqdim etildi. Kiberfiribgarlik qurboniga aylanmaslik uchun real hayotda uchrayotgan holatlar misolida tushuntirishlar berildi.
Bu kabi tadbirlar kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish, internetdagi turli tahdidlardan ogohlantirish va shaxsiy hamda moliyaviy maʼlumotlarni himoya qilishga oʻrgatishga xizmat qilmoqda.