“ZUKKO KITOBXON” KOʻRIK-TANLOVI OʻTKAZILDI
Milliy gvardiya Jizzax mintaqaviy oʻquv markazi doimiy shaxsiy tarkibi hamda tinglovchilari orasida oʻzbek adabiyoti, boy tarixi va madaniyatini keng targʻib qilish, yaqindan tanishtirish va toʻplangan bilimlarini sinovdan oʻtkazish maqsadida Zomin tumani Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda “Zukko kitobxon” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.
Unda markaz xodimlaridan tuzilgan “Qalqon”, boshlangʻich tayyorgarlik kursi tinglovchilarining “Yosh gvardiyachilar”, qayta tayyorlov kursi tinglovchilarining “Bilimdonlar” hamda harbiylashtirilgan soqchilik boʻlinmalari tinglovchilarining “Temurbek izdoshlari” jamoalari 4 ta shart boʻyicha oʻzaro bellashdilar. Koʻrik-tanlov qizgʻin hamda muzokaralarga boy tarzda oʻtkazildi.
Tadbirning badiiy qismida iqtidorli tinglovchilar tomonidan tayyorlangan sahna chiqishlari tinglovilar va tadbir mehmonlarida iliq taassurot qoldirdi. Koʻrik tanlov toʻplangan ballar hakamlar hayʼati tomonidan sarhisob qilinib yakunda faxrli 3 oʻrinni “Yosh gvardiyachilar” jamoasi, faxrli 2 oʻrinni “Bilimdonlar” jamoasi hamda faxrli 1 oʻrinni “Qalqon” jamoalari egallashdi. Tanlov yakunida gʻolib va sovrindorlarga markaz boshligʻining faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Bunday tadbirlarni oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad yoshlarimizning bilim salohiyatini oshirish hamda mutolaa madaniyatini rivojlantirishdan iboratdir.