Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazi xodimlari tomonidan Qon markazida tashkil etilgan “Men donorman” aksiyasi doirasida qon topshirish ishlarida faol ishtirok etdi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazi xodimlari tomonidan Qon markazida tashkil etilgan “Men donorman” aksiyasi doirasida qon topshirish ishlarida faol ishtirok etdi.
Ixtiyoriy ravishda qon topshirishga kelgan oʻqituvchi va tinglovchilar dastlab malakali shifokor koʻrigidan oʻtganlaridan soʻng, tegishli tartibda qon topshirdilar. Ushbu aksiya davomida topshirilgan qon preparatlari onkologiya va gematologiya markazlarida davolanayotgan bolalar uchun yuborilishi belgilangan.
Bunday tadbirlarni oʻtkazish ulkan ijtimoiy ahamiyatga ega: muntazam ravishda qon topshirish shoshilinch va rejali tibbiy yordam uchun zarur komponentlar zaxirasini shakllantirish imkonini beradi. Ixtiyoriy donorlik nafaqat hayotni saqlab qoladi, balki jamiyatda oʻzaro yordam madaniyatini rivojlantirishga ham hissa qoʻshadi, boshqalarning sogʻligʻiga masʼuliyatli munosabatda boʻlish namunasini koʻrsatadi.