"Diniy oqimlar va aqidalarning maqsad-muddaolari, ularning soxta daʼvolari" mavzusida seminar boʻlib oʻtdi
Kuni kecha Toshkent mintaqaviy oʻquv markazida shaxsiy tarkib hamda tinglovchilar ishtirokida "Diniy oqimlar va aqidalarning maqsad-muddaolari, ularning soxta daʼvolari" mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari qoʻmitasi masʼul xodimi ishtirok etib, bugungi kunda bizning yurtimiz tinch, xalqimiz osoyishta hayot kechirayotganini qayd etdi.
Bu borada tinchlik davrining qadriga yetish alohida ahamiyat kasb etishini, har birimiz bugungi osoyishta kunlarning qadriga yetib, shukronalik tuygʻusi bilan yashashimiz kerakligi, xizmat vazifalarini yanada masʼuliyat va shaxsiy javobgarlik bilan bajarish, har qanday kutilmagan tahdid va xavf-xatarlarga tayyor turish lozimligini taʼkidladi.
Shuningdek, bugungi kunda dunyoda turli diniy oqimlar va aqidalarning maqsadlari haqida yetarli bilimga ega boʻlish, ularning soxta daʼvolarini ajrata olish muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.
Bunday tadbirlar jamiyatimizning birligi va barqarorligini mustahkamlashda muhim rol oʻynab, toʻgʻri dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi va diniy masalalarga nisbatan tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga koʻmaklashadi.