Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy

16 Iyul 2024

"QOʻRIQLASH" XIZMATI MUZEYIGA SAYOHAT TASHKIL ETILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mintaqaviy oʻquv markazida tahsil olayotgan tinglovchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularda Ona-Vatanga sadoqat va vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirish maqsadida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilib kelinmoqda. Jumladan, kuni kecha mintaqaviy oʻquv markazi tashabbusi bilan hozirgi vaqtda oʻquv markazida boshlangʻich tayyorlash oʻquv kurslarida taʼlim olayotgan xodimlar dastlab, Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi "Qoʻriqlash" boshqarmasiga tashrif buyurib, bu yerda "Qoʻriqlash" xizmati tarixiga oid tashkil etilgan muzeyi koʻrgazmalari bilan tanishib, uzoq yillar mobaynida "Qoʻriqlash" xizmati tomonidan amalga oshirilgan ishlar, xizmat vositalari, buyumlar, shu davrlarda xizmat qilgan rahbarlarning faoliyati, shuningdek, shaxsiy tarkibning xizmat mobaynida hamda sport musobaqalarida erishgan yutuqlari haqida koʻplab maʼlumotlarga ega boʻlishdi.
Shundan soʻng, tinglovchilar Nukus shahridagi I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyiga olib borildi. Muzey xodimlari tomonidan tinglovchilarga bu muzeyga asos solgan mashhur rassom I.V.Savitskiyning hayti va uning ijodi, kartinalari haqida maʼlumotlar berib oʻtildi. Barchamizga maʼlumki, bu muzeyda dunyoga mashhur rassomlar tomonidan ishlangan eksponatlar oʻrin olgan. Ijodkorlarning chizgan kartinalarining mazmun-mohiyati, nimalar tasvirga olinganligi, shu bilan birga Qoraqalpoq xalqining milliy buyumlari va kiyim-kechaklari boʻyicha maʼlumotlar berildi.