Fargʻona mintaqaviy

8 Oktyabr 2025

Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazida huquqiy targʻibot oʻtkazildi.

Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazida xodimlar tomonidan xizmat intizomi va qonunchilik talablariga rioya qilinishi, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda yoʻl-transport hodisalarini oldini olish yuzasidan "Yoʻl harakati qoidalari. Haydovchilik madaniyati va haydovchining majburiyatlari va unga boʻlgan talablar" hamda “Yoʻl harakatini oldini olish har birimizning burchimiz” mavzularida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Fargʻona harbiy sudi va viloyat IIB YHXB masʼullari ishtirok etib, yuqoridagi mavzular yuzasidan maʼruzalar qildi va tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytardi. Tadbir ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan barcha masalalar yuzasidan atroflicha maʼlumotga ega boʻldi.

Bunday tadbirlar xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish va yoʻl harakati qoidalariga rioya etishga masʼuliyatli munosabatni shakllantirishga yordam beradi, bu esa pirovardida yoʻllarda xavfsizlikni oshirish va jamiyatda qonuniylikni mustahkamlashga xizmat qiladi.