Toshkent mintaqaviy

9 Aprel 2025

Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif tashkil etildi

Buyuk sarkarda, davlat arbobi, Temuriylar sulolasi asoschisi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689-yilligi munosabati bilan Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi tinglovchilarining Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurishlari taʼminlandi.
Tashrif davomida tinglovchilar buyuk sarkardaning hayoti, faoliyati, harbiy yurishlari va ilm-fan madaniyati rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi, muzeyda mavjud eksponatlar, tarixiy hujjatlar, xaritalar, koʻrol-aslaha namunalari, sanʼat asarlari va boshqa turdagi koʻplab tarixiy buyumlar bilan yaqindan tanishdilar.
Taʼkidlash joizki, ushbu "tarix koʻzgusi" nafaqat muzey sifatida, balki Amir Temur va Temuriylar davri tarixini oʻrganuvchi ilmiy markaz sifatida xalqimizning davlatchilik tarixini yoritib beruvchi, ajdodlarimizning boy moddiy va maʼnaviy merosini oʻzida mujassamlovchi va ilmiy tadqiq etib kelajak avlodga yetkazuvchi yagona obyekt ham hisoblanadi.