Mintaqaviy oʻquv markazlari tinglovchilari uchun muzeylarga sayohatlar
Hozirgi kunda xodimlarimizni vatanga muhabbat, sadoqat, milliy anʼanalarga hurmat ruhida hamda ularda milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini shakllantirish orqali ham jismonan ham maʼnan yetuk boʻlgan vatanparvar xodimlar shakllanishi muhim ahamiyatga ega.
Shu maqsadda Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazlari tinglovchilari uchun muzeylarga sayohatlar tashkil etildi. Tashriflar davomida ishtirokchilar respublikamizning boy tarixi bilan tanishdilar, ushbu hududda yashagan qadimiy sivilizatsiyalar va ularning madaniy merosi haqida bilib oldilar. Qadimgi hunarmandchilik, sanʼat va turmushning yuksak darajada rivojlanganligini yaqqol koʻrsatgan arxeologik topilmalarga alohida eʼtibor qaratildi.
Muzeylardagi ekspozitsiyalar tinglovchilarga diyorimizning qadimgi davrdan to hozirgi kungacha boʻlgan butun tarixiy rivojlanish yoʻlini kuzatish imkonini berdi. Noyob eksponatlar, hujjatlar va fotosuratlar tashrif buyuruvchilar koʻz oʻngida oʻlkaning qahramonona oʻtmishi sahifalarini ochib berdi, mahalliy aholining mintaqa rivojiga qoʻshgan hissasini koʻrsatdi. Ekskursiya ishtirokchilariga tarixiy ashyolar bilan tanishish chuqur hissiy taʼsir koʻrsatdi. Ajdodlar qoʻli bilan yaratilgan buyumlarni oʻz koʻzi bilan koʻrgan tinglovchilar ularning mehnatsevarligi, mahorati va donishmandligini yangicha baholay oldi.
Bu esa, oʻz navbatida, tinglovchilarda oʻzlari xizmat qilayotgan va yashab turgan hudud naqadar koʻhna ekanligi va u yerdagi topilmalarni koʻrish orqali ajdodlari naqadar mehnatkash insonlar boʻlganligi bilan faxr va gʻurur tuygʻusi shakllanishiga turtki boʻldi.