Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi xodimlari uchun madaniy tadbir
Qoʻriqlash departamentining Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibi, tinglovchilari hamda ularning oila aʼzolarining dam olish kunlarini maroqli oʻtkazishlari va madaniy hordiq olishlarini taʼminlash maqsadida Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishlari taʼminlandi.
Sayohat davomida mehmonlar Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan majmua ekspozitsiyasi bilan tanishdi. Uning mamlakat mustaqilligini qoʻlga kiritish va davlatchilikni barpo etishdagi tarixiy xizmatiga alohida eʼtibor qaratildi.
Yodgorlik majmuasi mehmonlari noyob eksponatlar: tarixiy fotosuratlar, xorijiy davlatlarning esdalik sovgʻalari, dekorativ-amaliy sanʼat asarlari va haykaltaroshlik namunalarini tomosha qilish imkoniyatiga ega boʻldi.
Majmuaga tashrif buyurish tadbir ishtirokchilariga Birinchi Prezident shaxsining mustaqil Oʻzbekiston tarixidagi ahamiyatini yanada chuqurroq anglash va uning xotirasiga hurmat bajo keltirish imkonini berdi.