Jizzax mintaqaviy oʻquv markazida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi
Milliy gvardiya Jizzax mintaqaviy oʻquv markazida doimiy shaxsiy tarkib hamda tinglovchilarning oʻzbek adabiyoti, boy tarixi va madaniyatini keng targʻib qilish, yaqindan tanishtirish va toʻplangan bilimlarini sinovdan oʻtkazish maqsadida kuni kecha “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi.
Unda markazda tashkil etilgan oʻquv yigʻinida tahsil olayotgan ofitserlardan tuzilgan jamoalar oʻzaro bellashdilar. Bellashuv qizgʻin hamda muzokaralarga boy tarzda oʻtkazildi.
Tadbirning badiiy qismida iqtidorli tinglovchilar tomonidan tayyorlangan sahna chiqishlari tinglovilar va tadbir mehmonlarida iliq taassurot qoldirdi. Bellashuvda toʻplangan ballar hakamlar hayʼati tomonidan sarhisob qilinib, yakunda faxrli 3 oʻrinni boshlangʻich tayyorgarlik kursi tinglovchilarining “Temurbek izdoshlari” jamoasi, faxrli 2 oʻrinni qayta tayyorlov kursi tinglovchilarining “Bilimdonlar” jamoasi hamda faxrli 1 oʻrinni markazda tashkil etilgan oʻquv yigʻinida tahsil olayotgan ofitserlardan tuzilgan “Qalqon” jamoalari egallashdi. Tanlov yakunida gʻolib va sovrindorlarga markaz boshligʻining faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi.