Toshkent mintaqaviy

31 Oktyabr 2025

Korrupsiyaga qarshi kurash – har birimizning burchimiz!

Toshkent mintaqaviy oʻquv markazida Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan "Yoshlar – korrupsiyaga qarshi harakat yetakchilari" mavzusida profilaktik tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda ishtirokchilarga korrupsiya tushunchasi, uning jamiyat taraqqiyotiga taʼsiri hamda bunday illatning oldini olishda har bir fuqaroning masʼuliyati haqida batafsil maʼlumot berildi.

Shuningdek, tadbir davomida amaliy misollar va videoroliklar orqali mavzuning dolzarbligi yoritildi. Ishtirokchilar faol tarzda bahs-munozaralarda ishtirok etib, oʻz fikr va takliflarini bildirishdi.