Toshkent mintaqaviy

22 Avgust 2024

Aloqa tarixi muzeyiga sayohat tashkillashtirildi

Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibi va tinglovchilarining bilimi va dunyoqarashini yanada oshirish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, bebaho tarixiy va madaniy merosimizga boʻlgan hurmat tuygʻularini tarbiyalash va kuchaytirish, shu bilan birga mamlakatimizning noyob aloqa tarixi bilan yaqindan tanishishlarini taʼminlash maqsadida "Aloqa tarixi" muzeyiga tashrif buyurishlari tashkillashtirildi.
Tashrif davomida xodimlar aloqa tarixiga oid yetti mingdan ziyod eksponatlar, aloqa sohasi turlari, jumladan, pochta, telegraf, telefon, radioaloqa, radioeshittirish, televideniye, kosmik aloqa, zamonaviy aloqa texnologiyalarining rivojlanish tarixi bilan yaqindan tanishdilar.