Jizzax mintaqaviy

24 Dekabr 2024

Teatr – hayot va sahna koʻzgusi

Tarbiya va maʼnaviyat oʻchogʻi boʻlgan – teatr har bir insonga hayotiy saboqlar beruvchi jonli vositadir. Teatrdan maʼdaniy hordiq chiqarish uchungina emas, undagi namoyish etiladigan spektakllarni tomosha qilib, inson, jamiyatdagi voqeliklarni, kechinmalarni teran anglashi mumkin.
Kuni kecha Milliy gvardiya Jizzax mintaqaviy oʻquv markazi doimiy shaxsiy tarkibi hamda ularning oila aʼzolari bilan Yangi yil bayramini mazmunli va maroqli oʻtkazish maqsadida Jizzax viloyat musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan “Olmos botirning yangi sarguzashtlari” spektakli va Yangi yil oqshomi musiqali konsert dasturiga taklif etildi.
Markaz tomonidan tashkillashtirilgan bayram tadbirlari bolajonlarning quvonchiga sabab boʻlib, ularga koʻtarinki kayfiyat ulashdi. Ishtirokchilar mazkur spektakl orqali oʻzlari uchun zarur boʻlgan “maʼnaviy xazinaga” ega boʻldilar desak mubolagʻa qilmagan boʻlamiz.