Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibining Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga tashrif buyurishlari taʼminlandi
Oʻzbek romanchiligining asoschisi, vatanparvar adib Abdulla Qodiriy xotirasiga ehtirom koʻrsatish, milliy adabiyot rivojiga qoʻshgan beqiyos hissasi bilan yaqindan tanishish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibining Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga tashrif buyurishlari taʼminlandi.
Tashrif davomida xodimlar, adibning hayoti va ijodi yillari xronologiyasi, qatagʻon yillari eksponatlari hamda mustaqillik yillarida yozuvchiga koʻrsatilgan ehtirom aks etgan ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdilar. Bundan tashqari yozuvchi Abdulla Qodiriyning asarlari va tarixiy qoʻlyozmalari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, yozuvchining haykali poyiga gullar qoʻyib, hurmat bajo keltirishdi.