Yangiliklar

26 Aprel 2023

ZIYORATCHILAR O‘RTASIDA TASHKIL ETILGAN BELLASHUV

Jizzax viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlari tashabbusi bilan kuni kecha Gʻallaorol tumanida joylashgan “Sa’d ibn Abu Vaqqos” ziyoratgohi ziyoratchilari uchun kamondan otish sporti bo‘yicha qiziqarli mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Dam oluvchilarni sog‘lom turmush tarziga kengroq jalb etish hamda ularning sayohatini yanada qiziqarli tashkil etishlariga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan bahslarda katta-kichik birdek ishtirok etdi. Asosiysi insonlar o‘z salomatligi va sport turlariga befarq emasligi, nishonga olish jarayonlarida ko‘z motorikasining yaxshi rivojlanishiga erishilishi ham tushuntirildi.

Qadimiy tarixga ega ushbu sport turiga qiziquvchilar o‘rtasida tashkil etilgan musobaqada ishtirok etuvchilar kun davomida ko‘pchilikni tashkil etib, turli hududlardan kelgan fuqarolar sport orqali bir birlari bilan yaqindan tanishib,do‘stlashib o‘zaro fikr almashib oldilar.