Yangiliklar

13 May 2023

ZIYO MASKANIGA TASHRIF

Samarqand viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlarining intellektual salohiyatini yanada kuchaytirish, kitob o‘qishga bo‘lgan qizishlarini oshirish hamda, sohaga oid yangi bilimlarni egallash maqsadida kutubxonalarga tashriflar uyushtirilib borilmoqda.

Kuni kecha Samarqand viloyatida joylashgan Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markaziga Samarqand shahar "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlari bilan ekskursiya tashkil etildi. Mazkur maskanda bugungi kunda 5 mingdan ortiq turli badiiy, tarixiy va publitsistik ilmiy-ommabop asarlar mavjud bo‘lib, bu yerda xodimlar o‘zlariga kerakli bo‘lgan barcha turdagi kitoblarni audio va elektron shaklida ham mutolaa qilish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqdalar.

Eng asosiysi bu yerda xodimlarning ma’naviy va madaniy xordiq chiqarishlari viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasining Kadrlar bo‘limi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘linmasining mas’ul xodimlari tomonidan samarali tashkillashtirilib borilmoqda.