Yangiliklar

7 Mart 2024

TIZIM XOTIN-QIZLARI SHARAFLANDI

Bugun Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasida 8 mart – Xalqaro xotin qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Unda Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari polkovnik M.J.Gʻaniyev Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi mard oʻgʻlonlarimizni, Toʻmaris kabi jasur, Zulfiyaxonimdek asl oʻzbek ayoliga munosib izdosh boʻla oladigan qizlarimizni tarbiyalab, voyaga yetkazish bilan bir qatorda, mamlakatimiz tinchlik va osoyishtaligi yoʻlida tunu-kun xizmat qilib, "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalarida jonbozlik koʻrsatayotgan jonkuyar xotin-qizlarni goʻzallik va latofat bayrami bilan samimiy tabrikladi hamda ularga oʻzining yuksak hurmati va ezgu tilaklarini bildirdi.
Soha ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshib, safdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan bir guruh xodimalarga "Milliy gvardiya fidoyi xodimi" hamda "Namunali xizmatlari uchun" koʻkrak nishonlari, faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.
Tadbir davomida, koʻplab xodimalarga samarali xizmatlari uchun tashakkurnomalar bildirildi. Ishtirokchilarda koʻtarinki kayfiyat baxsh etgan marosimda taqdirlanganlar yuksak ishonch va eʼtirofdan mamnun ekanligini, bunday eʼtibordan ruhlanib, tizimda yanada masʼuliyat va shijoat bilan faoliyat yuritishlarini taʼkidladilar.