Yashil makon, yashil tabiat!
"Qoʻriqlash" bosh boshqarmasining hududiy boʻlinmalari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi “Kuzgi daraxt ekish mavsumi” doirasida hududlarda koʻchat ekish tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Andijon viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari ham ushbu tadbirlarda faol qatnashib, mahallalarda yashil bogʻlar yaratilmoqda. xususan, mamlakatimiz shaharlarini aholiga qulay, ekologik toza va yashash uchun barcha imkoniyatlar mavjud boʻlgan hududga aylantirish maqsadida oʻtkazilayotgan tadbirlar natijasida xodimlar tomonidan "Yashil makon" bogʻi yaratilib, 1420 tup mevali va manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi, hamda ularning parvarishlari taʼminlanmoqda.