Yangiliklar

14 Fevral 2024

SALOMATLIK – XIZMAT SAMARADORLIGI GAROVI!

 Bugungi kunda respublikamizning barcha tashkilot va muassasalarida xodimlar va ishchi-xizmatchilarning salomatligi hamda xavfsizligini saqlashga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Xodimlar orasida sogʻlom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish, ularning jismoniy faolligi darajasini oshirish maqsadida kuni kecha Milliy gvardiya Toshkent viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar-trening boʻlib oʻtdi. Mazkur treningda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi tibbiyot boʻlimi poliklinikasi malakali shifokorlari ishtirok etib, ishtirokchilarga kasallik alomatlari paydo boʻlganda oʻz vaqtida shifokorga murojaat qilmaslik qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi haqida tushunchalar berishdi.
Shuningdek, shaxsiy tarkibning sogʻligini asrashga yoʻnaltirilgan ishlarni yanada jadallashtirish muhimligi alohida taʼkidlab oʻtildi. Davra suhbati yakuni qizgʻin savol-javoblarga ulanib, ishtirokchilar mavzu doirasida oʻz fikr-mulohazalarini ham bildirishdi.