Yangiliklar

12 Yanvar 2024

SOGʻLOM OILA – JAMIYAT TAYANCHI

Milliy gvardiya Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tashabbusi bilan Ichki ishlar poliklinikasi mutaxassis shifokorlari bilan hamkorlikda xodimlar va ularning oila aʼzolarini sogʻligʻini muhofaza qilish, kasalliklarni barvaqt oldini olish, shuningdek sogʻlom turmush tarziga rioya etishda toʻgʻri tavsiyalar berish maqsadida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkil etildi. Tibbiy koʻrik davomida surunkali va yuqumli hamda boshqa kasalliklarni oldini olish, shuningdek, bolalar sogʻligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Malakali shifokor mutaxassislar tomonidan tegishli tekshiruvlar oʻtkazilib, davolash profilaktika ishlari amalga oshirildi.
Shu bilan birga, tibbiy koʻrik davomida ularga sogʻlom turmush tarzini shakllantirishda doimiy jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish, sanitariya va gigiyena talablariga rioya etish, toʻgʻri ovqatlanish ratsioniga amal qilish borasida tegishli maslahatlar berildi.