OʻQITUVCHILAR XIZMATLARI EʼTIROF ETIB KELINMOQDA
Respublikamiz boʻylab barcha taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini yaxshilash, oʻquvchilarning sababsiz dars qoldirishlarining sabablarini oʻrganish va ota-ona hamkorligini yoʻlga qoʻyish maqsadida Milliy gvardiya xodimlari hamda masʼul idoralardan iborat ishchi guruhlar oʻrganish ishlarini olib borishmoqda.
Xususan, maktablarga tashrif buyurilib, direktor hamda oʻqituvchilar bilan uchrashuv oʻtkazilmoqda. Mazkur uchrashuvlarning navbatdagilari Namangan, Farg‘ona, Navoiy, Sirdaryo, Jizzax hamda Surxondaryo viloyatlarida boʻlib oʻtdi. Tadbirlarda Milliy gvardiya hududiy "Qoʻriqlash" boshqarmalari rahbarlari tomonidan maktab oʻquvchilarining davomatlari tahlil qilinib, yuqori sinf oʻquvchilari bilan bogʻliq muammolari va ularning yechimlari borasidagi masalalar atroflicha muhokama etildi. Uchrashuvlar doirasida “Maktab – ota-ona – mahalla” tamoyili asosida ish olib borishda oʻzining munosib hissasini qoʻshgan bir guruh fidokor va jonkuyar oʻqituvchilar hamda taʼlim muassasalari direktorlari eʼtirof etilib, ularga "Qoʻriqlash" boshqarmalari boshliqlarining tashakkurnomalari va qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi.