Mis kabellarini oʻgʻirlab ketayotgan shaxslar qoʻlga olindi
Joriy yilning 20 noyabr kuni soat 01:45 larda Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani qoʻriqlovidagi “Qibray suv inshooti”da 2 nafar nomaʼlum shaxs “Purdus servis” MCHJ korxonasiga tegishli boʻlgan 250 metr qiymati 13 716 000 soʻm boʻlgan mis kabellarini oʻgʻirlab ketayotgan vaqtida "Qoʻriqlash xizmati" xodimlari tomonidan ushlangan.
Voqea joyiga yetib kelgan tuman “Qoʻriqlash” boshqarmasi masʼul xodimi va tuman IIB hududiy profilaktika inspektori tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tuman IIBga oʻrnatilgan tartibda topshirilgan.
Surishtiruv davomida fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilganda ular 24 yoshli M.Q. va N.O.lar ekanligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.